35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIK — INSON QADRI UCHUN
янв.21
Aziz O‘qtepa va Bog‘zor mahallalari fuqarolari!
янв.21
Chilonzor tumanida aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mahallalar muammolarini hal etishga qaratilgan muhim qaror qabul qilindi
янв.21
MUSTAQILLIK — XALQIMIZ HAYOTIDAGI BUYUK O‘ZGARISHLAR
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
MUSTAQILLIK — AYOL QADRI, TENG IMKONIYAT VA ZAMONAVIY RAHBAR AYOLLAR MASKANI
янв.21
Deputatlik faoliyati — aholi ishonchining amaliy ifodasi
янв.21
Chilonzor tumanida "Tashabbusli budjet" jarayoni doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugidan saylangan deputati Q. Raxamov tomonidan o‘z saylov okrugida navbatdagi deputatlik nazorati amalga oshirildi.

📍 O‘rganish davomida deputat Chag‘atoy mahallasida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari hamda aholini qiynayotgan masalalar bilan bevosita joyida tanishdi.

Nazorat jarayonida mahalla yettiligi vakillari, tumandagi tegishli mas’ullar hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov ishtirok etdi.

🔎 O‘rganish davomida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, hududdagi sharoitlarni yaxshilash va aholi manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish rejalashtirildi.

🤝 Deputatlik nazoratining bunday shakli muammolarni joyida aniqlash, mas’ullar bilan birgalikda ularning yechimini belgilash va ijrosini nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq vakili — xalq ichida. Muammo — joyida o‘rganiladi, yechim esa amaliy harakat bilan ta’minlanadi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 2