35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIK — INSON QADRI UCHUN
янв.21
Aziz O‘qtepa va Bog‘zor mahallalari fuqarolari!
янв.21
Chilonzor tumanida aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mahallalar muammolarini hal etishga qaratilgan muhim qaror qabul qilindi
янв.21
MUSTAQILLIK — XALQIMIZ HAYOTIDAGI BUYUK O‘ZGARISHLAR
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
MUSTAQILLIK — AYOL QADRI, TENG IMKONIYAT VA ZAMONAVIY RAHBAR AYOLLAR MASKANI
янв.21
Deputatlik faoliyati — aholi ishonchining amaliy ifodasi
янв.21
Chilonzor tumanida "Tashabbusli budjet" jarayoni doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
PARKLAR VA XIYOBONLAR, BOG‘LARNING HOLATI. “YOSHLAR MARKAZI” QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI.

Parkent tumanida aholiga qulay dam olish maskanlarini yaratish, yashil hududlarni obodonlashtirish hamda zamonaviy ijtimoiy obyektlarni barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar tomonidan jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganib borilmoqda.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan “Qo‘shchinor” bog‘i hududida qurilayotgan “Yoshlar markazi”da olib borilayotgan ishlarning holati ko‘zdan kechirildi.O‘rganish davomida obyektning qurilish jarayoni, ishlarning bajarilish sifati, loyiha talablariga muvofiqligi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda hududni obodonlashtirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Jumladan, mas’ul loyihachi, buyurtmachi tashkilot vakillari va quruvchi tashkilot ish boshqaruvchisi N.Eshmatovdan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot olindi.Shuningdek, qurilish hududida yaratilayotgan sharoitlar, kelgusida yoshlar va aholi uchun foydalanishga topshirilgach, markaz atrofida ko‘kalamzorlashtirish, dam olish joylari hamda bolalar maydonchalarini tashkil etish bilan bog‘liq rejalar ham ko‘rib chiqildi.Mas’ullar ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda “Yoshlar markazi” qurilishida 57 nafar ishchi-xodim faoliyat olib bormoqda. Qurilish ishlari tasdiqlangan loyiha asosida davom ettirilayotgani va obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotgani bildirildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha deputat tomonidan qurilishda sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash, amaldagi qurilish me’yorlariga rioya etish, ishlarni jadval asosida olib borish hamda ajratilgan mablag‘larning samarali sarflanishiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi.Bunday nazorat tadbirlari hududda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining sifatini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda aholiga qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlarning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 5