35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
Deputatlik nazorati: boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Navbahor mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Ko'tarma mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: deputatlik nazorati
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Deputat nazoratida: dori-darmon ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda sport inshootlari holati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot chiqindilarini boshqarish — ekologik xavfsizlik masalasi
Kengash_faoliyati

Korrupsiyaga qarshi kurashishda raqamlashtirishning o‘zi emas, uning amalda ishlashi muhim

Bugun Surxondaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishida joriy yilning yetti oyi davomida korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish hamda 2026-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” ijrosi muhokama qilinmoqda.

Yig‘ilishda viloyat prokurori B.Babadjanov tomonidan viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va mavjud muammolar haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, viloyatda 26 ta bozor va savdo kompleksi raqamlashtirilib, qo‘shimcha 3 760 ta savdo rastasi tashkil etilishi natijasida bozorlar tushumi 5,2 mlrd so‘mga oshgan. Tibbiyot tizimida ham raqamlashtirish orqali qo‘shimcha mablag‘lar shakllantirilgan.

Shu bilan birga, ayrim hududlarda raqamlashtirish ishlari hali to‘liq samaradorlik bermayotgani, xususan, bozorlar va avtoturargohlarda tushumlarni to‘liq va shaffof hisobga olish, yagona elektron tizimda nazorat qilish borasida kamchiliklar mavjudligi tanqidiy qayd etildi.

Asosiy talab — raqamlashtirishni qog‘ozdagi hisobot uchun emas, balki korrupsiyaviy omillarni amalda bartaraf etish, inson omilini kamaytirish va tushumlarning shaffofligini ta’minlashga yo‘naltirish.

Yig‘ilish davomida mas’ul rahbarlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilanmoqda.

Slide 1 of 3