35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIK — INSON QADRI UCHUN
янв.21
Aziz O‘qtepa va Bog‘zor mahallalari fuqarolari!
янв.21
Chilonzor tumanida aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mahallalar muammolarini hal etishga qaratilgan muhim qaror qabul qilindi
янв.21
MUSTAQILLIK — XALQIMIZ HAYOTIDAGI BUYUK O‘ZGARISHLAR
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
MUSTAQILLIK — AYOL QADRI, TENG IMKONIYAT VA ZAMONAVIY RAHBAR AYOLLAR MASKANI
янв.21
Deputatlik faoliyati — aholi ishonchining amaliy ifodasi
янв.21
Chilonzor tumanida "Tashabbusli budjet" jarayoni doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan “Toshkent viloyati suv ta’minoti” korxonasida Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, uni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, xodimlarning xizmat vazifalarini bajarish jarayonida shaxsiy manfaatdorligi bilan xizmat majburiyatlari o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺O‘rganish natijasida  korxona xodimlari o‘rtasida "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati va talablarini keng targ‘ib qilish, xodimlarning huquqiy bilimini oshirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish hamda xizmat faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash boʻyicha korxona rahbari S.Radjapov bilan atroflicha suhbatlashildi.

🔺Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qonun talablarini to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2