Oila — muqaddas va bebaho maskan
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova, G‘oyibon mahalla yettiligi hamda faol nuroniylar ishtirokida oila mustahkamligi, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash va totuvlikni ta’minlash masalalari yuzasidan suhbat va muhokama o‘tkazildi.
Suhbat davomida oilada o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va sabr-toqat muhimligi, farzandlar tarbiyasida sog‘lom oilaviy muhitning o‘rni alohida ta’kidlandi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunga qadar olib borilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari va manzilli suhbatlar natijasida ko‘plab oilalar yarashtirilib, oilalar tinchligi va farovonligi ta’minlanishiga erishildi.