35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Navbahor mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Ko'tarma mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: deputatlik nazorati
янв.21
Deputat nazoratida: dori-darmon ta’minoti o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Mahallalarda sport inshootlari holati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot chiqindilarini boshqarish — ekologik xavfsizlik masalasi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
“Xonchorbog‘” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi

“Xonchorbog‘” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi

KQ-35-V-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Qo‘ziyev Ravshan Raimovich hamda Kengash kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan KQ-35-V-sonli qaror ijrosi yuzasidan “Xonchorbog‘” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔎 Uchrashuv davomida mahalla yettiligining faoliyati, aholi bilan ishlash holati, hududdagi mavjud muammolar hamda fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.

🗣 Fuqarolar bilan ochiq muloqot davomida ularning taklif va murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish hamda qonuniy yechimini topish yuzasidan fikr almashildi.

📋 Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan aholi muammolarini aniqlash, ijtimoiy masalalarni manzilli hal etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

⚖️ Mazkur faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-V-sonli qarorida belgilangan mahalliy Kengashlar deputatlari hamda “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, hududdagi aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish vazifalariga muvofiq amalga oshirildi.

📌 O‘rganish yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, aniqlangan masalalarni manzilli hal etish hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🌿 Aholi murojaatlarini tinglash, muammolarni joyida o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 3