Ta’lim muassasasidagi sharoitlar o‘rganildi Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Qo‘ziyev Ravshan Raimovich hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Navoiy shahridagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida maktabdagi ta’lim jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinfxonalarning holati, maktab hududining obodonligi va xavfsizligi masalalariga e’tibor qaratildi.
📚 Shuningdek, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi hamda mavjud muammolar o‘rganildi.
⚖️ Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni talablari asosida ta’lim oluvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va ta’lim sifatini ta’minlash masalalariga qaratilgan.
📌 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun qulay ta’lim muhitini yaratish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.
🤝 Sifatli ta’lim va munosib sharoit — yosh avlod kelajagining muhim poydevoridir.