35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Navbahor mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Ko'tarma mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: deputatlik nazorati
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Deputat nazoratida: dori-darmon ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda sport inshootlari holati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot chiqindilarini boshqarish — ekologik xavfsizlik masalasi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

BOG‘IOBODDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri, 6-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat Sherpo‘lat Boyqulov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 25-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat Otabek Tursunov Sherobod tumanining Bog‘iobod mahallasida fuqarolar hamda ko‘chaboshilar murojaatlarini birgalikda o‘rgandilar.

O‘rganish davomida mahallaning Ko‘kto‘sh qishlog‘idagi podstansiyani ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan boshqa dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, «Yangi O‘zbekiston» qiyofasidagi mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

O‘rganish jarayonida tegishli mas’ullar va mahalla faollari ham ishtirok etdi.

Aniqlangan masalalarni hal etish, xususan, Ko‘kto‘sh qishlog‘idagi podstansiyani ta’mirlash va elektr ta’minotini yaxshilash ishlari nazoratga olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 7