35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Navbahor mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Ko'tarma mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: deputatlik nazorati
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Deputat nazoratida: dori-darmon ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda sport inshootlari holati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot chiqindilarini boshqarish — ekologik xavfsizlik masalasi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH SOHASIDAGI KAMCHILIKLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Kengash_faoliyati
#Kengash_raisi_deputat_sifatida
#24_ta_masala
#Okrugda_o‘rganish
#MurjaatlarDaftari
#Murojaat_va_ijro

“Navro'z” mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi

Aholi osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallalarda xavfsiz va barqaror muhitni shakllantirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani 18-Navro'z saylov okrugidan saylangan deputat, Kengashi raisi E.Jurayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi E.EShonqulovlar Navro'z” mahallasida bo‘lib, hududdagi profilaktika inspektorining jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida mahalladagi mavjud kriminogen vaziyat, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan individual ishlash, oilaviy va ijtimoiy muammolarni aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish holati tahlil qilindi.

Shuningdek, profilaktika inspektorining mahalla raisi va “mahalla yettiligi” a’zolari, ta’lim muassasalari, boshqa mutasaddi tashkilotlar hamda fuqarolar bilan hamkorligi, aholining murojaatlarini o‘rganish va muammolarni manzilli hal etish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur deputatlik nazorati 24 ta mezon asosida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-son Qonuni talablari asosida olib borildi.

O‘rganish jarayonida hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirish, profilaktik hisobda turuvchi hamda nazoratga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, muammoli oilalar bilan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlar tomonidan mahallada osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning xavfsizligini mustahkamlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda profilaktika inspektori, mahalla faollari va mas’ul tashkilotlarning hamkorligini yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Slide 1 of 2