35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
⚡️ ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMO YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
ANIQLANGAN KAMCHILIK YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
⚡️ ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
Tirsakobod MFY hududidagi “Do‘mbirobod City” majmuasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bektepa" mahallasida aholi va "Mahalla yettiligi" bilan uchrashuv o‘tkazildi

✅Bandixon tumanida xalq deputatlarining saylovchilar bilan doimiy muloqotini yo‘lga qo‘yish, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda "Mahalla yettiligi" bilan uzviy hamkorlikda aholi muammolarini hal etish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 2-Bektepa saylov okrugidan saylangan deputat B.Yo‘ldoshev "Bektepa" MFYda bo‘lib, "Mahalla yettiligi" a’zolari, mahalla faollari hamda hudud aholisi bilan kengaytirilgan muloqot o‘tkazdi.

✅Uchrashuvda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda mahalladagi drayver sohalarni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy-infratuzilma ob’ektlarini yaxshilash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

✅Muloqot davomida fuqarolar va nuroniylar tomonidan bildirilgan ijtimoiy-kommunal hamda maishiy yo‘nalishdagi barcha murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi.

✅ Yakunda ushbu muammolarni mas’ul idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlari nomiga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 5