35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OBODONLASHTIRISH SOHASIDAGI KAMCHILIKLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDA UYLARNING TOM QISMINI TA’MIRLASH ISHLARI BOSHLANDI
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
⚡️ ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMO YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
ANIQLANGAN KAMCHILIK YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
⚡️ ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
Tirsakobod MFY hududidagi “Do‘mbirobod City” majmuasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
FUQAROLAR MUROJAATI DOIMO E’TIBORDA

FUQAROLAR MUROJAATI DOIMO E’TIBORDA

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Hasanova Gulshan Zokirovna 13-Umid saylov okrugi hududidagi Ziyokor mahallasida fuqaro murojaati yuzasidan suhbat o‘tkazdi.

🤝 Suhbat davomida fuqaroning murojaati tinglanib, unda ko‘tarilgan masala atroflicha o‘rganildi. Fuqaroning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, murojaatda ko‘tarilgan masalani amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish yuzasidan fikr almashildi.

⚖️ O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-378-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni fuqarolarning davlat organlariga murojaat qilish huquqini kafolatlaydi hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

📌 Mazkur Qonunga ko‘ra, murojaatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi, murojaat qiluvchining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi lozim.

💬 Deputat tomonidan fuqaroning murojaati yuzasidan zarur tushuntirishlar berilib, masalani qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish muhimligi ta’kidlandi.

🏘 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarning murojaatlarini tinglash va ularning muammolariga amaliy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🌿 Inson qadri, huquq va manfaatlarini ta’minlash — ustuvor vazifamiz!

Slide 1 of 1