35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
⚡️ ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMO YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
ANIQLANGAN KAMCHILIK YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
⚡️ ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
Tirsakobod MFY hududidagi “Do‘mbirobod City” majmuasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari


🗣️Prezidentimizning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan o‘tkazgan oltinchi ochiq muloqoti tafsilotlari bilan tanishar ekanman, keyingi yillarda xususiy mulk va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar o‘zining amaliy natijalarini berayotganiga yana bir bor ishonch hosil qildim.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, so‘nggi yillarda soha vakillari manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi. Bu hujjatlar tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratib, biznesni rivojlantirishning mustahkam huquqiy asosini shakllantirdi. Eng muhimi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash endilikda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Buning amaliy ifodasini aniq raqamlar misolida ham ko‘rish mumkin. Jumladan, mamlakatimizda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli so‘nggi yillarda uch baravarga oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanilgani davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan keng qamrovli ko‘makning yaqqol dalilidir.

Ayniqsa, yurtimiz tadbirkorlarining o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy banklardan mustaqil ravishda 1 milliard dollar mablag‘ jalb qilgani sohaning salohiyati va investisiyaviy jozibadorligi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan bu yilgi ochiq muloqotda qariyb 500 nafar tadbirkor bevosita ishtirok etdi. Ilk bor tumanlarda tashkil etilgan studiyalar orqali 25 mingga yaqin biznes vakili muloqot jarayoniga qo‘shildi. Bu esa tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini eshitish, ularning muammolariga yechim topish borasida mutlaqo yangi yondashuv shakllanganini ko‘rsatadi.

Ochiq muloqot davomida ilgari surilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalar tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi shubhasiz. Bu esa mamlakatimiz tadbirkorlarini yanada faol, tashabbuskor va yuksak marralar sari intilishga undaydi.🗣️