35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Mustaqillik bayrami arafasida ezgu tashabbus: e’tiborga muhtoj oilalar qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“MAHALLADA OBODLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA EZGU TASHABBUS
янв.21
Ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan o‘rganish ishlari
янв.21
128-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA PQ-48-SON QARORI IJROSI TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida bandlik va mehnat sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S.Nazarov tomonidan doimiy komissiyalar raislari, doimiy komissiyalar a’zolari hamda siyosiy partiyalar tuman Kengashlari raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S.Nazarov tomonidan doimiy komissiyalar raislari, doimiy komissiyalar a’zolari hamda siyosiy partiyalar tuman Kengashlari raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida Xalq deputatlari tuman Kengashi va uning doimiy komissiyalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyatini kuchaytirish hamda fuqarolar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, sayyor qabullar va ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish, hududlardagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha zarur topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda doimiy komissiyalar faoliyatini tizimli tashkil etish, ularning vakolatiga kiruvchi masalalarni chuqur o‘rganish, mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitib borish, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan samarali nazoratni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Siyosiy partiyalar bilan hamkorlikni mustahkamlash, partiyalardan saylangan deputatlar faoliyatini yanada faollashtirish, saylovchilar oldidagi mas’uliyatni oshirish hamda partiyalarning saylovoldi dasturlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Bundan tashqari, deputatlarning hududlarda olib borayotgan ishlari yuzasidan axborot-tahliliy faoliyatni kuchaytirish, ijtimoiy tarmoqlar orqali aholini xabardor qilish, davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida barcha mas’ullarga amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib, deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, hududlarni kompleks rivojlantirish va saylovchilar bildirgan taklif hamda muammolarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2