35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Mustaqillik bayrami arafasida ezgu tashabbus: e’tiborga muhtoj oilalar qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“MAHALLADA OBODLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA EZGU TASHABBUS
янв.21
Ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan o‘rganish ishlari
янв.21
128-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA PQ-48-SON QARORI IJROSI TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida bandlik va mehnat sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi

Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 5–Uchqizil saylov okrugi deputati Sh. Norsayev hamda tuman Kengashi mutaxassisi T.Murodov tomonidan Uchqizil mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Obod ko‘chasi fuqarolarining murojaati yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida mazkur ko‘chada elektr ta’minoti tarmoqlari talab darajasida emasligi, elektr simlari aholi tomonidan o‘rnatilgan turli xil yog‘och hamda temir ustunlar orqali tortilgani aniqlandi. Ushbu holat elektr ta’minotining ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, fuqarolar xavfsizligi uchun ham xavf tug‘dirishi qayd etildi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida hududga belgilangan tartibda yangi temir-beton elektr tayanch ustunlarini o‘rnatish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 6