35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
⚡️ ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMO YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
ANIQLANGAN KAMCHILIK YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
⚡️ ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
Tirsakobod MFY hududidagi “Do‘mbirobod City” majmuasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

👥 Tadbirkorlik faoliyati yаqindan o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 6-Navbur–Dehqonariq saylov okrugi deputati M. Madarqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Navbur” mahallasida qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorning faoliyati yaqindan o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida korxonadagi ishlab chiqarish jarayoni, mavjud imkoniyatlar, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish holati bilan tanishildi.

💬 Shuningdek, tadbirkor bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, faoliyatni kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

🤝 Tadbirkor tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni amaldagi qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, zarur hollarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari belgilab olindi.

📌 Ta’kidlanganidek, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Tadbirkorlik rivoji — hudud taraqqiyoti va aholi farovonligining muhim omilidir!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 2