35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
⚡️ ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMO YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
ANIQLANGAN KAMCHILIK YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
⚡️ ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
Tirsakobod MFY hududidagi “Do‘mbirobod City” majmuasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
ELEKTR TARMOQLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi

ELEKTR TARMOQLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

📊 Uchtepa tumanining Diyorobod mahallasida joylashgan TP-6107 2-bo‘limida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan elektr ta’minotini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

⚡️ O‘rganish davomida 3931-sonli transformator punktida olib borilayotgan joriy ta’mirlash ishlari, elektr tarmoqlarining texnik holati hamda mavsumga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Sohaga mas’ul xodimlarning faoliyati bilan yaqindan tanishilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

💼 Nazorat tadbirida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov va bosh mutaxassis Zarnigor Kuziyeva ishtirok etdi.

📈 O‘rganish yakunida elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash, ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7