35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Navbahor mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Ko'tarma mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: deputatlik nazorati
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Deputat nazoratida: dori-darmon ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda sport inshootlari holati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot chiqindilarini boshqarish — ekologik xavfsizlik masalasi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH SOHASIDAGI KAMCHILIKLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Deputat saylovchilariga axborot berdi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 4-Ko‘chkak saylov okrugidan saylangan deputat Turdiqulov Komiljon Shoymurovich o‘zi saylangan "Bodomzor" mahallasida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardanov bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

Uchrashuv davomida deputatning fuqarolar murojaatlari asosida hal etilgan masalalar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan saylovchilarga o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida deputat hamda mas’ul tashkilot va muassasalar rahbarlari tomonidan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan esa mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 3