35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tirsakobod MFY hududidagi “Do‘mbirobod City” majmuasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Mustaqillik bayrami arafasida ezgu tashabbus: e’tiborga muhtoj oilalar qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“MAHALLADA OBODLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA EZGU TASHABBUS
янв.21
Ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan o‘rganish ishlari
янв.21
128-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA PQ-48-SON QARORI IJROSI TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
QURILISH CHIQINDILARI BILAN BOG‘LIQ ISHLAR NAZORATDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-yanvardagi 40-sonli “Qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📍 O‘rganish davomida ishchi guruh tomonidan tuman chiqindi poligoniga chiqilib, qurilish chiqindilarini qabul qilish, tashish, joylashtirish va saqlash jarayonlari, shuningdek, chiqindilarning belgilangan tartibda saralanishi va ekologik xavfsizlik talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

🔎 Shuningdek, qurilish chiqindilarining belgilangan bo‘lmagan joylarga tashlanishining oldini olish, ularni imkon qadar takroriy foydalanish, utilizatsiya qilish va qayta ishlashga yo‘naltirish, poligonga olib kelingan chiqindilar hisobini yuritish hamda tegishli hujjatlarning mavjudligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5