Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi Ziyayev Rahim Sabirovich hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N. Toychiyeva ishtirokida Andijon shahar Bolalar bog‘ida xavfsizlik choralari va yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida bog‘ rahbari Shoxruh Xalilov tomonidan xavfsizlik tizimi, mavjud imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Bog‘ hududida 135 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilgani, jamoat tartibi esa Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda ta’minlanayotgani qayd etildi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyati orqali tashrif buyuruvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilgani ta’kidlandi.