35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Deputat so‘rovi yuzasidan rasmiy javob olindi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
RASMIY O‘RGANISH BOSHLANDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI: CHARX KAMOLON-2 MAHALLASIDAGI BOLALAR O‘YINGOHIDA TA’MIRLASH VA REKONSTRUKSIYA ISHLARI BOSHLANDI
янв.21
5-Charx Kamolon saylov okrugida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
MAHALLA ICHKI KO‘CHALARI HOLATI VA TUNGI YORITISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Guliston mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Do‘mbirobod mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
Qonun ijrosi va mahalla faoliyati deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyatining haftalik ish rejasi ijrosi yuzasidan Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengashning 16-“Guliston” saylov okrugi deputati F.Homidov saylov okrugiga qarashli “Guliston” mahallasida bo‘lib, Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan mahalla hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etilib, deputatlarga biriktirilgan 162 ta qonun hujjati asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-son Qonuni asosida tuzilgan savolnoma orqali mahalla hokim yordamchisining mazkur yo‘nalishdagi faoliyati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolar bilan ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasidagi ishlarning holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash va mazkur yo‘nalishda deputatlik nazoratini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.