35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Deputat so‘rovi yuzasidan rasmiy javob olindi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
RASMIY O‘RGANISH BOSHLANDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI: CHARX KAMOLON-2 MAHALLASIDAGI BOLALAR O‘YINGOHIDA TA’MIRLASH VA REKONSTRUKSIYA ISHLARI BOSHLANDI
янв.21
5-Charx Kamolon saylov okrugida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
MAHALLA ICHKI KO‘CHALARI HOLATI VA TUNGI YORITISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Guliston mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Nazorat tadbirlari davomida Islom Karimov ko‘chasi va 7x7 ko‘chalari kesishmasi hududida ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan avariya sababli toza ichimlik suvi uzoq vaqt davomida oqib, isrof bo‘layotgani, hududning sanitariya holati yomonlashib, fuqarolar harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi.

Shuningdek, mazkur avariya oqibatida ichimlik suvi bosimi pasayib, mahalla aholisining suv ta’minotida uzilish va yetishmovchilik muammolari yuzaga kelayotgani qayd etildi.

Deputat so‘rovida:
✅ ichimlik suvi quvuridagi avariyani zudlik bilan bartaraf etish;
✅ avariya yuzaga kelgan joyni to‘liq ta’mirlash;
✅ ichimlik suvi yo‘qotilishining oldini olish;
✅ amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🔹 Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.