35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Deputat so‘rovi yuzasidan rasmiy javob olindi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
RASMIY O‘RGANISH BOSHLANDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI: CHARX KAMOLON-2 MAHALLASIDAGI BOLALAR O‘YINGOHIDA TA’MIRLASH VA REKONSTRUKSIYA ISHLARI BOSHLANDI
янв.21
5-Charx Kamolon saylov okrugida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
MAHALLA ICHKI KO‘CHALARI HOLATI VA TUNGI YORITISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Guliston mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Do‘mbirobod mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
YUNUSOTA MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Voropayeva Natalya tomonidan Yunusota mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

👥Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yo‘llari muhokama qilindi.

🔠Shuningdek, hududda aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝Mazkur jarayon deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida tashkil etilib, mahalladagi ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasi, yoshlar, xotin-qizlar, aholi bandligi va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishlari o‘rganildi.

💡Ushbu ishlar “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

👉Aniqlangan muammolarni qonuniy tartibda o‘rganish, bandlikka ehtiyoji bor fuqarolarga ko‘maklashish, zarur hollarda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish hamda ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

🔠“Yunusota” mahallasida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!
Slide 1 of 1