35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida hasharlar davom etmoqda
янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Deputat so‘rovi yuzasidan rasmiy javob olindi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
RASMIY O‘RGANISH BOSHLANDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI: CHARX KAMOLON-2 MAHALLASIDAGI BOLALAR O‘YINGOHIDA TA’MIRLASH VA REKONSTRUKSIYA ISHLARI BOSHLANDI
янв.21
5-Charx Kamolon saylov okrugida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
MAHALLA ICHKI KO‘CHALARI HOLATI VA TUNGI YORITISH MASALALARI O‘RGANILDI
XALQ VAKILLARI TAʼLIM TOMONIDAN JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 19-“Chashma” saylov okrugidan saylangan deputat Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Xurriyat” MFYda joylashgan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan jamoatchilik nazorati o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida “Mahalla yettiligi” vakillaridan mahalla raisi ham ishtirok etdi.Jamoatchilik nazorati davomida Vazirlar Mahkamasining davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishga oid qarori ijrosi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va ularni saqlash tartibi, kunlik menyularning belgilangan me’yorlarga muvofiqligi hamda oshxona jihozlarining holati o‘rganildi.O‘rganish jarayonida muassasada jami 136 nafar tarbiyalanuvchi mavjudligi, ularga 7 nafar tarbiyachi, 2 nafar oshpaz, 7 nafar yordamchi tarbiyachi, 1 nafar logoped-o‘qituvchi, 2 nafar musiqa o‘qituvchisi
hamda 1 nafar metodist xizmat ko‘rsatayotgani aniqlandi.Shuningdek, bog‘chada sanitariya talablariga rioya etilayotgani, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va taqdim etish qoidalariga amal qilinayotgani, kunlik menyularda ozuqa moddalari miqdori belgilangan me’yorlarga muvofiq ekanligi qayd etildi.O‘rganish davomida 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi tomonidan ham muassasadagi mavjud muammo deputat e’tiboriga yetkazildi.Xususan,bolalarning ovqatlanishi uchun mo‘ljallangan oshxonada stol va stullar yetishmasligi sababli zarur sharoitlarni yaxshilashga ehtiyoj mavjudligi bildirildi.Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritish orqali mavjud muammoni hal etishga amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadga muvofiqligi bildirildi. Shuningdek, ushbu masala deputatlik nazoratiga olinib, muammoning ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli ishlar olib borilishi ta’kidlandi.O‘rganish yakunida deputat tomonidan bolalarning sog‘lom rivojlanishini ta’minlashda sifatli va xavfsiz ovqatlanish muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida taom sifati, oziq-ovqat xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda bolalar uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalarini doimiy nazorat qilib borish lozimligi qayd etildi.
  

Slide 1 of 6