35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bekto‘pi mahallasida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Kichik Hirmontepa mahallasida fasad ta’mirlash ishlari amalga oshirildi
янв.21
Naqqoshlik mahallasida “Dolzarb 40 kun” doirasida ekologik va sanitariya tadbiri o‘tkazildi
янв.21
15-Naqqoshlik saylov okrugida sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
15-Naqqoshlik okrugida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan keksa fuqarolar ixtisoslashtirilgan tibbiy ko‘rik va davolanishga yo‘naltirildi
янв.21
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat” loyihasi doirasida — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
15-Naqqoshlik saylov okrugida ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Muhammadiev Ural Lafasovich tomonidan – Barkamol mahallasida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mahallada fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish tizimi, sayyor qabullarni tashkil etish, murojaatlarning belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi hamda ularning qonuniy va asoslantirilgan hal etilishi holati tahlil qilindi.

Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash jarayonida fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalarni aniqlash, takroriy murojaatlarning oldini olish hamda mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ullarga fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1