Bugungi ish faoliyatida asosiy e’tibor Kengash faoliyatini tizimli tashkil etish, deputatlar faoliyatini muvofiqlashtirish, mahallalardagi mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishga qaratiladi.
🔹 09:00–10:00 — xodimlar davomatini nazorat qilish, E-Kengash va EDO tizimlari orqali kelib tushgan murojaat va xatlar bilan ishlash, kunlik vazifalarni taqsimlash hamda Kengash kanalida yangiliklarni yoritish.
🔹 11:00–13:00 — 1-saylov okrugidagi Go‘zalkent mahallasiga borib, hududdagi 24 ta masala yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borish.
🔹 **13:00–14:00 — tushlik.
🔹 **14:00–16:00 — 1-saylov okrugidagi Olti Qahramon mahallasiga borib, mavjud masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish.
🔹 16:00–17:00 — Kengash qarorlarini ko‘rib chiqish, sessiyadan keyingi ma’lumotlarni tayyorlash.
🔹 17:00–17:30 — o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni tahlil qilish va tegishli deputatlik so‘rovlarini tayyorlash.
🔹 17:30–18:00 — Kengash faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlarda yoritish, kunlik ishlar va ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini tahlil qilish, ertangi kun rejalarini belgilash hamda kun samaradorligi yakunlarini chiqarish.
📌 Shuningdek, kun davomida tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi materiallari ko‘rib chiqiladi, doimiy komissiyalar bayonnomalari va qaror loyihalarini tayyorlash ishlari olib boriladi.
Asosiy tamoyil:
Muammo → o‘rganish → yechim → nazorat → natija.