Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
Uchrashuv davomida Bunyodkor mahallasi ko‘chaboshisi S.Panayev tomonidan hududdagi maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib
ketilmayotgani yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur masala yuzasidan deputat mahalla faollari va oqsoqollariga tushuntirish berib, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qaroriga muvofiq chiqindi olib chiqish xizmati tomonidan faqat maishiy chiqindilar olib chiqilishi belgilanganini ta'kidladi. Dehqon xo‘jaligi faoliyati hamda qurilish ishlari natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarni olib chiqish xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning majburiyatiga kirmasligi, bunday chiqindilar alohida shartnoma
asosida olib chiqilishi ma'lum qilindi. Shuningdek, faqat maishiy chiqindilar belgilangan tartibda chiqarib borilgan taqdirda,
chiqindi tashuvchi maxsus texnikalar o‘z ish rejasidan chetga chiqmasdan xizmat ko‘rsatishi va hududlarda chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish imkoniyati yaratilishi ta'kidlandi.