35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
ENG FAYZLI HOVLI”, “ENG OBOD KO‘CHA” VA “ENG NAMUNALI MAHALLA” KO‘RIK-TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHIDA TAQDIM ETILADIGAN FOTOALBOMLAR YO‘NALISHLARI⬇️
янв.21
🥇“ENG OBOD KO‘CHA” NOMINATSIYASI BO‘YICHA
янв.21
ZARQO‘RG‘ON MAHALLASIDAGI YO‘L HARAKATI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“ENG FAYZLI HOVLI”, “ENG OBOD KO‘CHA” VA “ENG NAMUNALI MAHALLA” KO‘RIK-TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHIDA TAQDIM ETILADIGAN FOTOALBOMLAR YO‘NALISHLARI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA “ENG FAYZLI HOVLI”, “ENG OBOD KO‘CHA” VA “ENG NAMUNALI MAHALLA” KO‘RIK-TANLOVLARI O‘TKAZILADI
янв.21
“MAHALLADA OBODLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Botirma mahallasida ajrimlar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMAN KENGASHI SHODMONOV SHOXRUX O'KTAMOVICH 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
7-“Ming o‘rik” saylov okrugidagi bolalar maydonchalari holati deputatlik so‘rovi orqali nazoratga olindi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ 7-“Ming o‘rik” saylov okrugidagi bolalar maydonchalari holati deputatlik so‘rovi orqali nazoratga olindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev tomonidan Mirobod tumanidagi 7-“Ming o‘rik” saylov okrugi hududida joylashgan bolalar o‘yingohlari va maydonchalarining mavjud holatini kompleks o‘rganish, ta’mirtalab obyektlarni aniqlash hamda ularni bosqichma-bosqich yangilash masalasi yuzasidan Toshkent shahar hokimligiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi Abdulla Avloniy, Afrosiyob, At-Termiziy, Baynalminal, Birodarlik, Farovon, Lolazor, Ming O‘rik, Mirobod, Movarounnahr, Navro‘z, Oybek, Salar, Sharof Rashidov, Temiryo‘lchilar, Yangi Mirobod hamda Zaminobod mahalla fuqarolar yig‘inlaridan kelib tushayotgan murojaatlar asosida shakllantirildi.

🎠 Fuqarolar murojaatlarida ayrim mahallalardagi bolalar maydonchalari yillar davomida foydalanilishi natijasida eskirgani, o‘yin jihozlari va boshqa inshootlar ta’mirtalab holga kelgani, ayrim hududlarda esa bolalar uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay o‘yin hamda dam olish maskanlarini tashkil etishga ehtiyoj mavjudligi qayd etilgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Otabek Jiyanboyev 7-“Ming o‘rik” saylov okrugiga kiruvchi barcha 17 ta mahalladagi bolalar maydonchalarini xatlovdan o‘tkazish, ularning soni va aniq manzillarini shakllantirish, har bir obyektning texnik hamda sanitariya holatini o‘rganib, foydalanishga yaroqli, qoniqarli, ta’mirtalab yoki xavfli holatda ekanligiga baho berish masalasini ko‘tardi.

🔺 Deputatlik so‘rovida, shuningdek, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish yoki yangidan barpo etishni talab qiladigan bolalar maydonchalarini alohida aniqlash, ularni yangilash ishlari qaysi dastur, loyiha yoki moliyalashtirish manbasi hisobidan amalga oshirilishi mumkinligini belgilash, tegishli dasturlarga kiritilgan obyektlar bo‘yicha bajarilish muddatlari va mas’ul tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

💡 Shu bilan birga, maydonchalardagi o‘yin jihozlari, qoplamalar, tashqi yoritish tizimlari va sanitariya holatining belgilangan xavfsizlik talablariga muvofiqligini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda bolalar uchun xavfsiz sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli amaliy choralarni ko‘rishga alohida e’tibor qaratilgan.

📁 Deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan mazkur masalalar “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida ko‘tarilib, o‘rganish natijalari, aniqlangan muammolar, amalga oshirilgan ishlar hamda bolalar maydonchalarini ta’mirlash, yangilash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha kelgusidagi rejalar yuzasidan Toshkent shahar hokimligidan 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

🤝 Mazkur masala deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, saylov okrugidagi bolalar uchun xavfsiz, zamonaviy va qulay infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan ishlarning tizimli tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1