Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Nomozov tomonidan fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish hamda ularning ijrosini ta’minlash maqsadida Fayzliobod mahallasi Fayzliobod ichki ko‘chalari holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida ichki ko‘chalarning mavjud holati, harakatlanish uchun yaratilgan sharoitlar, obodonlashtirish ishlarining borishi hamda aholini qiynayotgan muammolar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga amaliy takliflar kiritilishi hamda ijroni nazoratga olish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Bu kabi o‘rganishlar aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli hal etish, hududlardagi infratuzilmani yana-da yaxshilash hamda fuqarolarning turmush sharoitini yuksaltirishga xizmat qiladi.