35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
ENG FAYZLI HOVLI”, “ENG OBOD KO‘CHA” VA “ENG NAMUNALI MAHALLA” KO‘RIK-TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHIDA TAQDIM ETILADIGAN FOTOALBOMLAR YO‘NALISHLARI⬇️
янв.21
🥇“ENG OBOD KO‘CHA” NOMINATSIYASI BO‘YICHA
янв.21
ZARQO‘RG‘ON MAHALLASIDAGI YO‘L HARAKATI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“ENG FAYZLI HOVLI”, “ENG OBOD KO‘CHA” VA “ENG NAMUNALI MAHALLA” KO‘RIK-TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHIDA TAQDIM ETILADIGAN FOTOALBOMLAR YO‘NALISHLARI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA “ENG FAYZLI HOVLI”, “ENG OBOD KO‘CHA” VA “ENG NAMUNALI MAHALLA” KO‘RIK-TANLOVLARI O‘TKAZILADI
янв.21
“MAHALLADA OBODLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Botirma mahallasida ajrimlar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMAN KENGASHI SHODMONOV SHOXRUX O'KTAMOVICH 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
#Deputat_nazorati

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati M. Nigmatov saylovchilarga yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati M. Nigmatov tomonidan "G‘afur G‘ulom" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputat 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, saylovchilar murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etish borasida olib borilgan ishlar, deputatlik so‘rovlari, hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik hamda obodonlashtirish ishlari yuzasidan batafsil axborot berdi.

Shuningdek, uchrashuvda fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Ayrim masalalar joyida o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish bo‘yicha nazoratga olindi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan deputatga murojaat qilish hamda tegishli javob va tushuntirishlar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Slide 1 of 2