35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bekto‘pi mahallasida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Kichik Hirmontepa mahallasida fasad ta’mirlash ishlari amalga oshirildi
янв.21
Naqqoshlik mahallasida “Dolzarb 40 kun” doirasida ekologik va sanitariya tadbiri o‘tkazildi
янв.21
15-Naqqoshlik saylov okrugida sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
15-Naqqoshlik okrugida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan keksa fuqarolar ixtisoslashtirilgan tibbiy ko‘rik va davolanishga yo‘naltirildi
янв.21
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat” loyihasi doirasida — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
15-Naqqoshlik saylov okrugida ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi
Yoshlar markazida “Book Cafe” kutubxonasi foydalanishga topshirildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputatlari U.Akkulov, P.Tojiboyev va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar tuman Yoshlar markazi binosida tashkil etilgan “Book Cafe” (kutubxona) ning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdilar.

Ochilish marosimida Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari ham faol ishtirok etib, mazkur maskanning yoshlar ma'naviyati va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida fikr bildirdilar.

Marosim davomida deputatlar ramziy lenta kesish orqali kutubxonani foydalanishga topshirdilar hamda yoshlar va kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Kutubxonada kitob mutolaasi uchun qulay o‘quv zonalari, zamonaviy jihozlar, badiiy, ilmiy va ommabop adabiyotlar fondi, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiluvchi zamonaviy muhit yaratilgani e'tirof etildi.

Slide 1 of 3