35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZARQO‘RG‘ON MAHALLASIDAGI TIRBANDLIK VA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ANIQLANGAN MUAMMO TEZKOR BARTARAF ETILDI: CHIQINDILARNI OLIB CHIQISH HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
ZARQO‘RG‘ON MAHALLASI AHOLISI MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT XALQ ORASIDA: ZARQO'RG'ON MAHALLASIDA MUAMMOLAR O'RGANILDI
янв.21
Qarorlar ijrosi yuzasidan saylovchilar murojaati asosida deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Doimiy komissiya va tuman tashkilotlari hamkorligi
янв.21
Doimiy komissiya va tuman tashkilotlari hamkorligi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan "Dolzarb 40 kun" tadbirlari davom etmoqda
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
📌 Obod mahalla yo‘lida birgalikdagi sa’y-harakatlar

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Madaminov Alisher Abdullayevich, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Djumamuratova Mukarrama Saliyevna hamda mahalla raisi bilan birgalikda “Taxiatosh” mahallasida o‘tkazilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” tadbirlarida faol ishtirok etdi.

🏡 Tashrif davomida ko‘chaboshilar va mahalla aholisi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, hududni yanada obod qilish, xonadonlar oldini tartibga keltirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish hamda ozodalikka mas’uliyat bilan yondashish masalalari yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

🤝 Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, mahalladagi dolzarb masalalarni bosqichma-bosqich hal etish hamda yashash uchun yanada qulay muhit yaratish yuzasidan fikr almashildi.

🌿 Obod mahalla — faqat bunyodkorlik ishlari emas, balki fuqarolarning birdamligi, tashabbuskorligi va o‘z yashash hududiga bo‘lgan daxldorlik hissasi bilan barpo etiladi.

Slide 1 of 4