35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZARQO‘RG‘ON MAHALLASIDAGI TIRBANDLIK VA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ANIQLANGAN MUAMMO TEZKOR BARTARAF ETILDI: CHIQINDILARNI OLIB CHIQISH HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
ZARQO‘RG‘ON MAHALLASI AHOLISI MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT XALQ ORASIDA: ZARQO'RG'ON MAHALLASIDA MUAMMOLAR O'RGANILDI
янв.21
Qarorlar ijrosi yuzasidan saylovchilar murojaati asosida deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Doimiy komissiya va tuman tashkilotlari hamkorligi
янв.21
Doimiy komissiya va tuman tashkilotlari hamkorligi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan "Dolzarb 40 kun" tadbirlari davom etmoqda
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
KUZ-QISH MAVSUMI OLDIDAN: SHARQ GULI MAHALLASIDA ELEKTR VA GAZ TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi #dolzarb_40_kunlik

KUZ-QISH MAVSUMI OLDIDAN: SHARQ GULI MAHALLASIDA ELEKTR VA GAZ TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI

🗂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-iyul kuni “Mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar hamda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida tuman hududida tuzilgan ishchi guruhlar tarkibida biriktirilgan mas’ullar tomonidan mahallalarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🇺🇿 Shu asosda, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "13-Uchtepa" saylov okrugi deputati Jamshid Karimov tuman ishchi guruhi tarkibida Sharq guli mahallasiga biriktirilgan mas’ul sifatida hududda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

📈 O‘rganish davomida mahalla hududidagi 3994-sonli elektr transformator punkti (TP) hamda 14-10-176 va 14-10-295-sonli gaz taqsimlash punktlarining (GTP) texnik holati ko‘zdan kechirilib, ularning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi o‘rganildi. Shuningdek, elektr va gaz ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarning oldini olish, mavjud tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚡️ Mahalla hududidagi elektr tarmoqlarining holati ham ko‘zdan kechirilib, aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

📌 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, 3994-sonli TP hamda 14-10-176 va 14-10-295-sonli GTPlarning barqaror ishlashini ta’minlash, shuningdek, hududni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

📈 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 9