35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TUMAN ISHCHI GURUHI TARKIBINI TASDIQLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya va sanoat bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi .
янв.21
Deputatlik so‘rovi qanoatlantirildi — muammo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi qanoatlantirildi — fuqarolar murojaatidagi muammolar ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat tashabbusi va nazorati asosida ichki ko‘chalar obod qilinmoqda
янв.21
Deputat so'rovi: Yakkatut mahallasidagi issiqlik ta’minoti muammosi nazoratga olindi
янв.21
Deputat so‘roviga javob olindi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Xotin-qizlar bilan uchrashuv: muammo va takliflar o‘rganildi
янв.21
CHILONZOR XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
DMED tizimi joriy etilishi va tibbiy xizmat sifati deputatlik nazoratida
REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

 REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Nodir Dusmurodov tomonidan tumandagi "Navro‘z" tez tibbiy yordam shoxobchasi binosida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur obyekt PQ-393-sonli qaror asosida tumandagi ijtimoiy soha obyektlarini rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha binolar qurish dasturiga kiritilgan bo‘lib, loyiha ijrosi deputatlik nazoratida olib borilmoqda.

O‘rganish jarayonida mavjud 50 qatnovli tez tibbiy yordam shoxobchasi binosini 1-tip oilaviy poliklinika talablariga moslashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda tibbiyot xodimlari uchun zamonaviy va qulay mehnat sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Deputatlik nazorati doirasida qurilish-montaj ishlarining belgilangan muddat va sifat talablari asosida amalga oshirilishi muntazam monitoring qilib boriladi.

Slide 1 of 3