DEPUTATLIK SO‘ROVI
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga muvofiq, 4-Eskijuma saylov okrugi deputati tomonidan Eskijuma mahallasida joylashgan 14-son oilaviy poliklinika binosining holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida poliklinika binosini ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish zarurligi aniqlandi.
Shu munosabat bilan mazkur obyektni ta’mirlash imkoniyatlari, agar amalga oshirish imkoni bo‘lmasa, 2027-yil davlat dasturiga kiritish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan ma’lumot taqdim etishingizni so‘rayman.
Ko‘rilgan choralar va natijalar to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma javob berishingizni so‘rayman.