Olmaliq shahrida aholi muammolarini tinglash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar diqqat markazida.
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, xavfsizlik va davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi Matluba Ashurova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov tomonidan shahar Xalq qabulxonasi faoliyati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishning asosiy maqsadi: O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi №O‘RQ-445-sonli "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosining Olmaliq shahridagi ta’minlanish holatiga baho berish.
O‘rganish jarayonida maxsus ishlab chiqilgan savolnoma asosida quyidagi yo‘nalishlar tahlil qilindi:
Kelib tushgan murojaatlarning muddatida va sifatli ko‘rib chiqilishi;
Fuqarolarni qabul qilish tizimining samaradorligi;
Qonun talablarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik va ochiqlikni ta’minlash choralari.
Murojaatlar bilan ishlash tizimidagi shaffoflik va qonun ustuvorligi doimiy komissiyamizning doimiy nazoratida qoladi.