35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Ko‘p qavatli uy aholisi bilan ochiq muloqot
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yil iyul oyida yuborilgan deputat so‘rovlari
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
"Deputat daftari" – fuqarolar murojaatlari doimiy nazoratda
янв.21
QAROVSIZ SPORT MAYDONCHASINI QAYTA TIKLASH YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAHALLA ICHKI KO‘CHALARI, OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA MAHALLA FAOLLARI: MUAMMOLAR O‘RGANILIB, YECHIMLAR MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
HUDUDDAGI QAROVSIZ SPORT MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI
#nazorat

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Daniyar Karimov rahbarligida hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, ayniqsa, “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda kriminogen vaziyatni sogʻlomlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tizimli deputatlik nazorati davom etmoqda.

Kengash raisi tomonidan “Xoʻja Ahmad Yassaviy” mahalla fuqarolar yigʻinida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, hududiy profilaktika inspektorining ish faoliyati va profilaktik tadbirlarning samaradorligi joyida oʻrganildi.

📥“Xoʻja Ahmad Yassaviy” mahallasi hududida oʻgʻrilik va mulkiy turdagi jinoyatlar sodir etilganligi sababli, hudud “qizil” toifaga kiritilgan. Shu munosabat bilan, mahalladagi huquqbuzarliklar profilaktikasining bugungi holati tanqidiy koʻrib chiqildi.
📥Profilaktika inspektori tomonidan hududda jinoyatchilik koʻrsatkichlarini kamaytirish maqsadida qancha targʻibot va tushuntirish ishlari olib borilganligi, aholi bilan uchrashuvlar bayonnomalari va boshqa asoslantiruvchi hujjatlar hamda targʻibot materiallarining yuritilishi atroflicha tahlil qilindi.

Muzokaralar va hujjatlar oʻrganilishi davomida shahar Kengashi raisi Daniyar Karimov tomonidan masʼullarga quyidagi muhim vazifalar belgilab berildi:
📥Targʻibot tadbirlarini faqat qogʻozda yoki hisobot uchun emas, balki bevosita jinoyat sodir etishga moyilligi boʻlgan shaxslar bilan manzilli va profilaktik maqsadlarda oʻtkazish.
📥Jinoyatchilikni jilovlashda “mahalla yettiligi”, nuroniylar va jamoatchilik vakillarining rolini oshirish, har bir xonadon kesimida suhbatlar tashkil etish.
📥Mahallaning kimsasiz va yoritish tizimi yaxshi boʻlmagan hududlarida tungi patrul va nazorat tadbirlarini kuchaytirish, hududni tez fursatlarda “qizil” toifadan olib chiqish boʻyicha aniq “yoʻl xaritasi” asosida ishlash.
Maqsad bitta: Shahrimizning har bir mahallasini jinoyatchilikdan xoli, fuqarolarimiz xotirjam va xavfsiz yashaydigan osoyishta hududga aylantirishdir. Hududlardagi bunday oʻrganishlar va qatʼiy kengash nazorati doimiy ravishda davom etadi.

Slide 1 of 4