35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Ko‘p qavatli uy aholisi bilan ochiq muloqot
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yil iyul oyida yuborilgan deputat so‘rovlari
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
"Deputat daftari" – fuqarolar murojaatlari doimiy nazoratda
янв.21
QAROVSIZ SPORT MAYDONCHASINI QAYTA TIKLASH YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAHALLA ICHKI KO‘CHALARI, OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA MAHALLA FAOLLARI: MUAMMOLAR O‘RGANILIB, YECHIMLAR MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
HUDUDDAGI QAROVSIZ SPORT MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI
📊 SHOVOT TUMANI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURLARI IJROSI – DEPUTATLIK NAZORATIDA

🔷 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich tomonidan tumanda "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda ularni zarur infratuzilma bilan taʼminlash uchun 2026-yil Davlat budjetida nazarda tutilgan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan Manzilli dastur ijrosi o‘rganildi.
📍 O‘rganishlar davomida, xususan, dastur asosida "Az-Zamaxshariy" ko‘chasida tashkil etilgan ko‘ngilochar va xizmat ko‘rsatish maskaniga parallel ravishda yangi avtomobil yo‘lini barpo etish hamda ko‘chani asfaltlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Qurilish-montaj ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va ajratilgan mablag‘larning samarali o‘zlashtirilishiga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Bunday deputatlik nazorati hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining o‘z vaqtida, sifatli hamda belgilangan talablar asosida bajarilishiga xizmat qiladi. Shuningdek, olib borilayotgan islohotlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda davlat mablag‘laridan oqilona foydalanish ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🤝 Shovot tumanida amalga oshirilayotgan har bir bunyodkorlik loyihasi aholi turmush farovonligini yuksaltirish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va hududning yanada obod bo‘lishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2