35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat mahalla ko‘chaboshisi bilan birgalikda Katta Chilonzor 4-tor ko‘chasiga chiqib, hududdagi holatni joyida o‘rgandi.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN IJTIMOIY XIZMATLAR VA MANZILLI YORDAM KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi: OILALAR MUSTAHKAMLIGI VA DOLZARB IJTIMOIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
ISSIQ SUV TA’MINOTI MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
"Hokim deputatlik okrugida o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda"
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquq va manfaatlari e’tiborda
янв.21
"Hokim deputatlik okrugida o‘rganishlar olib bormoqda"
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati

       Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Rajabov Botir Abdurasulovich tomonidan Kengashning ish rejasiga hamda deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilovchi 24 ta tavsiya asosida 4-Bunyodkor saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaqulov Bo‘ri Karabayevichning deputatlik faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish deputat va “Do‘stlik” mahallasi faollari ishtirokida o‘tkazildi. Unda mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash holati, murojaatlarni ro‘yxatga olish daftari yuritilishi, murojaatlarning ijrosi, fuqarolar qabullarini tashkil etish hamda saylovchilar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!
         ▶️Kanalga ulanish: 👇
Telegram. Facebook. InstagramE-kengash.

Slide 1 of 1