35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputat daftari" – fuqarolar murojaatlari doimiy nazoratda
янв.21
QAROVSIZ SPORT MAYDONCHASINI QAYTA TIKLASH YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAHALLA ICHKI KO‘CHALARI, OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA MAHALLA FAOLLARI: MUAMMOLAR O‘RGANILIB, YECHIMLAR MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
HUDUDDAGI QAROVSIZ SPORT MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOLG‘IZ KEKSALAR VA NOGIRONLIGI BO‘LGAN FUQAROLAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
Murojaat e'tibordan chetda qolmaydi
янв.21
Chilonzor tumani hokimi va 4-Novza saylov okrugi deputati 24-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotini o‘rgandi
янв.21
Saylov okrugidagi dolzarb muammolar “Deputat daftari”ga qayd etilmoqda
янв.21
Mahalladagi muammolarni sheriklik loyihalari orqali hal etish imkoniyati
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada hokim o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, shuningdek kun tartibiga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborot va hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, aholi farovonligini oshirish hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.

📋 Sessiyada quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

• 2026-yilning birinchi yarim yilligida tumandagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktika ishlari holati;

• Tuman ichki ishlar bo‘limining 2026-yilning 6 oyida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida amalga oshirgan ishlari;

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi PF–185-son Farmoni ijrosi yuzasidan favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;

• Tuman mahalliy budjetining 2026-yil birinchi chorak yakuni bo‘yicha qo‘shimcha manbalar hisobidan mablag‘ ajratish;

• Uchquduq tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan markaziy ko‘chalar bo‘yidagi tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari tariflarini tasdiqlash;

• Tuman Xalq qabulxonasining 2026-yil II choragida tashkilot rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyati yuzasidan axboroti;

• Tumanda aholini ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar;

• Sessiyalarda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobotlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari;

• Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

• Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining doimiy komissiyalari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish.

✅ Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilot va idoralarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 7