35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputat daftari" – muammolarni tizimli hal etishning muhim vositasi
янв.21
24-muhim tavsiya doirasida: Boshqaruv kompaniyalari faoliyati deputat nazoratida
янв.21
24-Botirma saylov okrugida bandlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI SARHISOBI
янв.21
3-Katta Chilonzor saylov okrugida hududni o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
📆XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (27 iyul–31 iyul)
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI SARHISOBI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI OSTIDA ELEKTR TA'MINOTI HOLATI O‘RGANILDI VA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR TASHKIL ETILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI AMALDA
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATGA OLINDI
HUDUDDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ASFALTLASH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA

HUDUDDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ASFALTLASH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma loyihalari ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xo‘japorso mahallasining Yorqin ko‘chasida olib borilayotgan asfaltlash ishlari jarayonida amalga oshirildi. Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov ishtirok etib, qurilish ishlari bilan joyida tanishdilar.

O‘rganish davomida deputatlarga Xo‘japorso MFY Yoshlar yetakchisi hamrohlik qildi. Shuningdek, ko‘cha faollari va mahalla ahli bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlarining borishi, loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, qurilish sifati hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur obyekt bo‘yicha asfaltlash ishlari "Muhammad Fayz" MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. O‘rganish jarayonida ishlarning sifat ko‘rsatkichlari, foydalanilayotgan qurilish materiallari hamda texnologik jarayonlarning amaldagi me’yor va talablarga muvofiqligi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Deputatlar tomonidan mazkur loyiha aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar nuqtai nazaridan alohida ahamiyatga ega ekani ta’kidlanib, ishlarning sifatli, shaffof va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Muloqot davomida mahalla aholisi ko‘p yillardan buyon kutilgan ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari boshlanganidan mamnun ekanliklarini bildirib, buning natijasida transport qatnovi yaxshilanib, piyodalar, bolalar va keksalar uchun ham xavfsiz hamda qulay harakatlanish sharoiti yaratilayotganini e’tirof etdilar. Fuqarolar davlatimiz tomonidan hududlarni obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga o‘z minnatdorliklarini izhor etdilar.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati bundan buyon ham tizimli ravishda davom ettirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlar sifatini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Slide 1 of 7