35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI SARHISOBI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI OSTIDA ELEKTR TA'MINOTI HOLATI O‘RGANILDI VA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR TASHKIL ETILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI AMALDA
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATGA OLINDI
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMOLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YOSHI ULUG‘ FUQAROLARGA MALAKALI TIBBIY YORDAM TASHKIL ETILDI
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Sport maydonchasining sim to‘siqlari yaroqsiz holga kelgani muammosi yuzasidan DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar o‘rganildi

Maktabgacha ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Nargiza G‘aybullayevna Xudayqulova hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan 20-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida muassasadagi ta’lim-tarbiya jarayoni, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, sanitariya-gigiyena talablari hamda obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, muassasa rahbariyati bilan muloqot davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash hamda ta’lim muassasasining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan.

Slide 1 of 5