35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI SARHISOBI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI OSTIDA ELEKTR TA'MINOTI HOLATI O‘RGANILDI VA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR TASHKIL ETILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI AMALDA
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATGA OLINDI
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMOLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YOSHI ULUG‘ FUQAROLARGA MALAKALI TIBBIY YORDAM TASHKIL ETILDI
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Sport maydonchasining sim to‘siqlari yaroqsiz holga kelgani muammosi yuzasidan DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
“Gulira’no” mahallasida PF–116-sonli Farmon ijrosi tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengashning 14-“Bog‘zor” saylov okrugi deputati O.Sharofutdinova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar okrug hududidagi “Gulira’no” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdilar.
Mazkur o‘rganish jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.
Yig‘ilishda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-sonli Farmoni talablari asosida mahalla boshqaruvini takomillashtirish masalalari tahlil qilindi.
Suhbat davomida:
• “Mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi;
• aholi murojaatlari bilan ishlash va muammolarni xonadonbay o‘rganish;
• mahalla hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni aniqlash va hal etish;
• mahalla raisining muvofiqlashtiruvchi faoliyati;
• aholi bilan ochiq muloqot va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida mahalla faollariga PF–116-sonli Farmonda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish, aholi bilan ishlashda ochiqlik va manzillilikni ta’minlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2