35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida ochiq muloqot

“Dolzarb 90 kunlik” dasturi hamda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Maxsudbek Umarov “Al-Buxoriy” MFYda yashovchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalladagi ishsiz yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, masalalarni hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 2