35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sport maydonchasining sim to‘siqlari yaroqsiz holga kelgani muammosi yuzasidan DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
8-Lutfiy saylov okrugi hududidagi "1-Qatortol" mahallasida sport infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar sifati hamda ijtimoiy yordamlar tayinlanishi jarayonini o‘rgandi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHI DEPUTATI RIMA XIDIYATULINA MAHALLADA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTATNING IKKINCHI CHORAK FAOLIYATI YUZASIDAN SAYLOVCHILAR OLDIDAGI AXBOROTI
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA RAISI
Deputat mahallada Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi oldidan: “Muratali” MFY aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi oldidan: “Muratali” MFY aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Piskent tumani 3-Mitan saylov okrugi deputati B. Abralov tomonidan Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdagi 30-sessiyasi kun tartibiga kiritiladigan Tuman ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining, tuman Tibbiyot birlashmasi rahbarining, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining, tuman Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘ining hisobot va axborotlarini eshitish munosabati bilan “Muratali” MFY aholisi bilan uchrashuv tashkillashtirildi.

Uchrashuvda hisoboti eshitilishi belgilangan sohalar bo‘yicha aholini qiynab kelayotgan muammolar bo‘yicha saylovchilarning fikrlari eshitildi.

Uchrashuvda Tuman ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining, tuman Tibbiyot birlashmasi rahbarining, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining, tuman Yoshlar ishlari agentligi bo‘limining mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.

“Muratali” MFY aholisi tomonidan yuqoridagi sohalar bo‘yicha 15 ta muammo ko‘tarildi. Ko‘tarilgan muammolarning 14 tasi bo‘yicha mas'ul xodimlar tomonidan tez kunlarda bartaraf etish bo‘yicha javoblar berildi. Qolgan 1 ta muammo deputat B. Abralov tomonidan xalq deputatlari Piskent tumani Kengashi kotibiyatiga taqdim etilishi hamda masala tegishli doimiy komissiyada, kerak bo‘lsa sessiyada ko‘rib chiqilishi bo‘yicha aholiga tushuntirishlar berildi.

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ Instagram(https://www.instagram.com/piskent_tuman_kengashi?igsh=MXY1ZzNjYXhweG1oZw

 

Slide 1 of 3