35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📊 Tahliliy axborot: Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yillik faoliyati
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

📝Aholining muammolarini o‘rganish va fuqarolar bilan muloqotni kuchaytirish maqsadida:

🔹 60 ta mahallada joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi;
🔹 122 ta fuqarolar qabuli tashkil etildi;
🔹 Qabullar davomida 465 nafardan ziyod fuqarolar qabul qilinib, ularning murojaatlari tinglandi.

📌 O‘rganishlar va fuqarolar qabullari davomida75 dan ortiq turli darajadagi muammoli masalalar aniqlandi.

Aniqlangan muammolar asosan:

* ichimlik suvi ta’minoti;

* yo‘l va ko‘cha infratuzilmasi;

* elektr va gaz ta’minoti;

* ta’lim muassasalari holati;

* sog‘liqni saqlash xizmatlari;

* ijtimoiy yordam va boshqa dolzarb masalalarni qamrab oldi.

Xalq bilan muloqot – ishonch va rivojlanish garovi!