35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

XOTIN-QIZLAR BANDLIGI, TADBIRKORLIGI VA OILAVIY BIZNES RIVOJI DEPUTAT NAZORATIDA

O‘rganish davomida:
mahallada 1 876 nafar xotin-qiz istiqomat qilayotgani;
105 nafari "Ayollar daftari"ga kiritilgani;
6 nafariga imtiyozli kredit ajratilgani;
4 nafariga huquqiy yordam ko‘rsatilgani;
1 nafarining ijara to‘lovi qoplab berilgani;
3 nafariga psixologik yordam ko‘rsatilgani tahlil qilindi.

Shuningdek, "Shahmir" oilaviy korxonasi faoliyati bilan tanishildi.

Korxonada:
20 dan ortiq turdagi qandolat va shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda;
15 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta'minlangan.

O‘rganish yakunida xotin-qizlar bandligini yanada oshirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosini ta’minlash ishlari deputat nazoratida.

Slide 1 of 3