35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sport maydonchasining sim to‘siqlari yaroqsiz holga kelgani muammosi yuzasidan DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
8-Lutfiy saylov okrugi hududidagi "1-Qatortol" mahallasida sport infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar sifati hamda ijtimoiy yordamlar tayinlanishi jarayonini o‘rgandi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHI DEPUTATI RIMA XIDIYATULINA MAHALLADA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTATNING IKKINCHI CHORAK FAOLIYATI YUZASIDAN SAYLOVCHILAR OLDIDAGI AXBOROTI
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA RAISI
Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash masalasi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati O‘tkirjon Shukurov tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida tumanda suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash holati yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish belgilangan grafiklarga nisbatan 90 kundan ortiq muddatga kechikayotgani, ayrim mahallalarda esa tarqatish ishlari sust tashkil etilgani aniqlandi.

Xususan, Do‘rmonsoy mahallasida gaz ballonlari tarqatilishi boshlangan bo‘lsa-da, bir oydan ortiq vaqt davomida barcha xonadonlarga yetkazib berilmagani fuqarolar tomonidan jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Natijada ko‘plab oilalar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, keksalar va xotin-qizlar kundalik ehtiyojlarini qondirishda qiyinchilikka duch kelmoqda.