Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining kunlik ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari X.Ishimov, N.Turdiyev hamda Yangi davr MFY raisi L.Tursunovalar tomonidan Yangi davr mahallasining Terakzor ko‘chasida yashovchi ko‘cha boshi Azimov Salim ota bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqaro Terakzor ko‘chasidagi 14 - ko‘p qavatli uylarning kirish qismlariga (podezdlarga) o‘rnatilgan tungi yoritish chiroqlari ishlamayotgani, shuningdek, hududdagi mavjud daraxtlarni turli hashorotlardan himoya qilish maqsadida zarur dori vositalari bilan ishlov berish lozimligini ma'lum qildi.
Mazkur murojaat deputatlar tomonidan deputatlik nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.