Mazkur qonunning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi a'zosi M.Mirzayev tomonidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, respublikamiz hududida ishlab chiqariladigan, olib kiriladigan va realizatsiya qilinadigan osh tuzi yodlangan bo‘lishi shart. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda faqat yodlangan tuzdan foydalanish belgilangan.
Yod tanqisligi kasalliklarining oldini olish har bir fuqaroning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish, ayniqsa bolalar hamda homilador ayollar salomatligini asrashda muhim omil hisoblanadi.