#sessiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashining 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
🏛 Bugun Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashining uchinchi chaqiriq 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov ham faol ishtirok etib, kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalarda qatnashdi.
📝 Sessiyada Shayxontohur tumanini 2026–2030-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2026-yil ikkinchi chorakdagi faoliyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF-51-son Farmoni hamda 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi, shuningdek, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
💬 Shuningdek, sessiyada 2026-yilda mahalliy byudjetda shakllangan qo‘shimcha mablag‘larni ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
✅ Sessiya yakunida barcha masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning ijrosini samarali tashkil etishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash